Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi fan va texnologiyalar instituti mutaxassislari organizmga implantatsiya qilinadigan qurilmalarning (masalan, kardiostimulyatorlar) uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan mitti quyosh batareyasini yaratdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Inson organizmiga o‘rnatiladigan tibbiy qurilmalarning oddiy batareyalari besh-sakkiz yilda ishdan chiqadi. Shundan so‘ng ularni almashtirish uchun qayta amaliyot o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Bizning ixtiro elektr energiyasi yetishmovchiligi muammosini hal etish imkonini beradi, shuningdek, ikki soat quyoshdan quvvat olish sutka davomidagi faoliyat uchun xizmat qiladi”, — deb ta’kidladi institut olimlari.
Qurilma inson sochining o‘n beshdan biri qalinligidagi egiluvchan plastinadan iborat. 647 mikrovatt kuchga ega batareya maydoni esa 0,07 kvadrat santimetrdan oshmaydi.
Izoh (0)