AQSh fanlar, texnika va tibbiyot milliy akademiyalari genetik modifikatsiyadan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bag‘ishlangan hisobot tayyorladi. Hisobotning asosiy xulosasi bunday mahsulotlar nafaqat zararli, balki ma’lum darajada foydali ham ekanligini ta’kidlashdan iboratdir, deb xabar bermoqda TJournal.
Hisobot maxsus tuzilgan komissiya ishi yakunlariga ko‘ra tayyorlandi. Uning a’zolari masala bo‘yicha tegishli adabiyotlarni o‘rganib chiqdi, 80 dan ortiq soha ekspertlari bilan suhbatlar o‘tkazdi, 900 dan ortiq ilmiy ishlarni tahlil qilib chiqdi, jamoatchilik vakillaridan kelgan 700 dan ortiq sharhlarni ko‘rib chiqdi.
Hujjatga 26 nafar mustaqil ekspertlar tomonidan taqriz berildi.