Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari mojaro keskinlashgandan keyingi birinchi uchrashuvida Qorabog‘da yarashuv rejimiga rioya etish zarurati haqidagi kelishuvga erishganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Uchrashuv YeXHT Minsk guruhi raisdoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
“1994—1995-yilda erishilgan kelishuvdagi ko‘rinishda yarashuv va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishiga erishish yuzasidan kelishdik. Bu haqda yakuniy qo‘shma bayonotda ma’lum qilinadi”, — dedi Lavrov.
Lavrov YeXHT Minsk guruhi raisdoshlari mojaroni tartibga solishning vositachilari sifatida bunga yordam berishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)