Twitter 140 ta belgi bilan chegaralangan matnda linklar va ilova qilingan suratlarni ham hisobga olishni bas qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi TJournal.
Kompaniyadagi manbalariga tayanib, Bloomberg xabar berishicha, linklarni hisobga olishning yangi qoidalari yaqin ikki hafta ichida kuchga kiradi.
Kompaniyadagilar bu ma’lumotni izohlaganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter foydalanuvchilarga hozirgi 140 belgi o‘rniga 10 minggacha belgidan iborat hajmdagi postlarni joylashtirish imkoniyatini berishni rejalashtirayotgani aytilgan edi. Ammo keyinroq kompaniya ijrochi direktori Jek Dorsi cheklov kuchda qolishini ma’lum qildi.
Izoh (0)