Yevropa komissiyasi yaqin haftalar ichida AQShning Google internet kompaniyasini aksilmonopoliya qonunchiligini buzganligi uchun 3 milliard yevro jarimaga tortmoqchi. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Yevrokomissiya o‘z qarorini yozgi ta’tilga ketishdan oldin e’lon qiladi.
Google bilan bog‘liq surishtiruv 2010-yildan buyon davom etmoqda. Kompaniya adolatli raqobat prinsiplariga rioya etmay, foydalanuvchilarga o‘z mahsulotlarini tiqishtirishda gumonlanmoqda.
Ilgari Google bir necha bor vaziyatni izga tushirish bo‘yicha takliflarni bergan, ammo regulyator bilan kelishuvga erisha olmagan edi.
Izoh (0)