Yaponiyada olimlarga inson embrionini genetik modifikatsiyadan o‘tkazishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda TJournal.
Aytilishicha, endilikda olimlar embrionlar genomiga o‘zgartirishlar kiritib, shu yo‘l bilan alohida genlarning rolini o‘rganish, tug‘ma kasalliklarni davolashning yangi metodlarini ishlab chiqish va reproduktiv texnologiyalarni mukammallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Har bir holatda bunday tadqiqotlarni boshqa yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmasligini isbotlash talab etiladi.
Izoh (0)