Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 9-tur bellashuvlari Bekoboddagi “Metallurg” va “Nasaf” klublari ishtirokidagi o‘yin bilan o‘z yakuniga yetdi.
Milliy chempionatning joriy mavsumini ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi unda mag‘lubiyatga uchradi. Dilmurod Karimovning 69-daqiqada kiritgan yagona goli “Metallurg”ning minimal hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.9-turdan keyin “Lokomotiv” va “Bunyodkor” 25 tadan ochko to‘plab, ligada qo‘shhokimlik qilmoqda. “Nasaf” hisobida 22 ochko bo‘lsa, “Metallurg” 19 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi jamoaga aylangan.
Mos ravishda “Qizilqum” 17, “Paxtakor” va “Buxoro” klublari 15 tadan ochko to‘plagan.
9-turdan keyin Toshkentning “Obod” klubi birorta ham g‘alabaga erishmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Poytaxtning “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari esa biror marta bo‘lsin mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 9-tur bellashuvi 16-may, dushanba
Izoh (0)