Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritayotgan “Ishonch telefoni” soliq to‘lovchilar hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Jumladan, joriy yilning 1-may holatiga ko’ra davlat soliq xizmati organlarining “Ishonch telefoni”ga qilingan fuqarolarning murojaatlari asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 928 ta holatda jami 194 135,4 ming so‘m miqdorida nazorat-kassa mashinasiga kirim qilmaslik, 559 ta holatda tegishli hujjatlarsiz mahsulotlar sotish va xizmatlar ko‘rsatish hamda 15 ta boshqa soliq qonunlarini buzish holati aniqlanib, aybdorlarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlandi.
Izoh (0)