“RBK” loyihalari bosh muharriri Yelizaveta Osetinskaya, “RBK” bosh muharriri Roman Badanin, shuningdek, shu nomli gazeta bosh muharriri Maksim Solyus ortiq xoldingda ishlamaydi. Bu haqda, xoldingning rasmiy bayonotiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Norasmiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Osetinskaya va Badanin loyihani o‘z ixtiyoriga ko‘ra tark etayotgan bir paytda Maksim Solyus g‘ayriixtiyoriy ravishda lavozimidan ozod qilindi.
13-may yuqorida tilga olingan uch shaxs uchun oxirgi ish kuni bo‘ldi. Ularning o‘rnini egallaydiganlarning nomlari keyinroq oshkor etiladi.
Izoh (0)