Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruv kengashi Suma Chakrabartini yana to‘rt yilga bank prezidenti etib qayta sayladi. Bu haqda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki press-reliziga tayanib, “Vedomosti” xabar beradi.
Chakrabarti bankni 2012-yildan buyon boshqarib kelmoqda. YeTTB prezidentini saylash Londonda bank boshqaruvchilarining har yili o‘tkaziladigan yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Chakrabartiga Polsha Markaziy bankining raisi Marek Belka raqobatchi bo‘ldi.
Chakrabarti YeTTBga o‘tgunga qadar Buyuk Britaniya Adliya vazirligida doimiy kotib lavozimini egallagan.
Izoh (0)