Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes-markazida Xalqaro doyalar kuni munosabati bilan 2016-yil 6-may kuni konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan konferensiya Toshkent shahri va Toshkent viloyati tug‘uruq muassasalarining 50 nafargacha yetakchi va faol doyalarini to‘pladi.
Xalqaro doyalar kunining bu yilgi mavzusi “Onalar va go‘daklar: Doyalik ishining yuragi” deb nomlandi.
BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida minglab doyalarning ta’lim olishi va ularni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov mazkur mamlakatlardan 57 tasida BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi oxirgi yetti yil ichida 66 ming doyani tayyorlaganligini ko‘rsatdi. Ushbu tibbiyot xodimlari har yili 11 million ayolning xavfsiz ko‘zi yorishiga yordam berishi mumkin.
Izoh (0)