11-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Jahon” axborot agentligi direktori etib tayinlangan Abror Gulyamovni tanishtirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ilgari Gulyamov O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi rahbari sifatida ishlagan.
Bir necha kun muqaddam agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Yusup Kabuljanov boshqa lavozimga tayinlangani xabar qilingan edi.
Izoh (0)