Afg‘oniston armiyasi turli viloyatlarda olib borayotgan aksilterror operatsiyalari chog‘ida 12 jangarini yo‘q qildi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Shuningdek, to‘rtta mina zararsizlantirildi, bir qancha qurol-yarog‘ musodara qilindi. Reydlar chog‘ida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Operatsiyalarda politsiya xodimlari va maxsus xizmatlar ishtirok etgani aytilmoqda.
Izoh (0)