Sochi Olimpiadasida oltin medallar olgan to‘rt nafar rossiyalik sportchi man etilgan preparatlarni qabul qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya aksildoping agentligining sobiq xodimi Vitaliy Stepanov bu haqda CBS telekanaliga bergan intervyusida hikoya qilib berdi. Uning intervyusi to‘la shaklda 8-may kuni namoyish etiladi. Anonsda aytilishicha, hozir AQShda yashayotgan Stepanov kanalga Moskva aksildoping laboratoriyasining sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkov bilan Skype orqali olib borgan yozishmalarini taqdim etdi.
Rodchenkov (u ham hozir AQShda), o‘z navbatida, laboratoriyaning Olimpiya o‘yinlari paytidagi faoliyati Federal xavfsizlik xizmati tomonidan nazorat qilinganini, shuningdek, musobaqalar chog‘ida doping qabul qilgan sportchilardan iborat “Sochi ro‘yxati” haqida gapirib berdi.
Izoh (0)