Angliyaning “Lester” futbol klubi xo‘jayini Vishay Shrivaddanaprabxa jamoaning Angliya chempionligini nishonlash uchun do‘stlari bilan Genting kazinosiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
58 yoshli milliarder karta stolida bir necha soat vaqt o‘tkazib, 2,5 million funt yutib oldi.
Avvalroq Vishay Shrivaddanaprabxa “Lester”ning Angliya chempioni bo‘lgani munosabati bilan har bir futbolchiga Mercedes avtomobilini sovg‘a qilishi hamda Las-Vegasga sayohat safarini to‘lab berishi haqida xabar qilingandi.
Bundan tashqari, Shrivaddanaprabxa vaqti-vaqti bilan jamoaning uy o‘yinlariga kelgan muxlislarga ichimlik va gazaklarni bepul ulashish aksiyasini o‘tkazadi.
Izoh (0)