Rossiya federal xizmati “VKontakte”da tanilgan 11 yoshli blogerni rasman ro‘yxatga oldi
Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy texnologiyalar sohasida nazorat federal xizmati 11 yoshli maktab o‘quvchisi Stepan Savelyevni bloger sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Internet ishqibozlari sa’y-harakati bilan Stepan Savelyev blogerlar ro‘yxatiga 2487-raqam bilan kiritildi. Bizning tabriklarimizni qabul qil. Endi Rossiya Davlat dumasi yig‘ilishlariga akkreditatsiyadan o‘tishing mumkin”, — deya ma’lum qilingan muassasa xabarida. Rossiyada mazkur ro‘yxat 2014-yil 1-avgustdan yuritila boshlangan. Unga kiritilish uchun blogerning sahifasiga kuniga kamida 3 ming kishi kirishi lozim.
18-aprel kuni sayyohlik agentligi direktori Svetlana Stroganova tarmoq foydalanuvchilarini “VKontakte”dagi sahifasida “layklar” bo‘lmagani uchun sinfdoshlari tomonidan mazax qilingan o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan, shundan so‘ng sanoqli soatlar ichida kompyuter o‘yinlari va dinozavrlar bilan qiziqadigan Stepanning sahifasi minglab “layk” to‘plagandi.