2015-yilda Xitoy banklari taqdim etgan barcha kreditlar umumiy hajmidan taxminan 15–19 foizini qaytarilmaydigan ssudalar tashkil qildi. Bu haqda, CLSA’ning Xitoy va Gonkong bo‘yicha bosh strategi Frensis Chunga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Tahliliy sharhda ta’kidlanishicha, qaytarilmaydigan kreditlar hajmi o‘sishda davom etib, 20–25 foizni tashkil etadi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, berilgan kreditlarning umumiy hajmida salbiy qarzlar 1,67 foizni tashkil qiladi.
CLSA hisob-kitoblariga qaraganda, Xitoy banklarining qaytarilmaydigan qarzlardan ko‘radigan zarari 6,9 trillion yuandan (1,1 trillion dollar) 9,1 trillion yuangacha (1,4 trillion dollar) borishi mumkin. Bu hisob-kitoblar jamoa kompaniyalarining qarzlarga xizmat ko‘rsatish layoqati haqidagi ochiq ma’lumotlarga asoslanadi.
“Soyadagi”, ya’ni nolegal qaytarilmaydigan kreditlar hajmi 4,6 trillion yuanga (700 milliard dollar) teng bo‘lishi mumkin. Ulardan ko‘riladigan zarar — 400 milliard dollar.
Izoh (0)