Davlat konservatoriyasida O‘zbekiston xalq artisti, taniqli bastakor, Davlat madhiyasining musiqasi muallifi Mutal Burhonov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi. “Gazeta.uz”ning O‘zAga asoslanib bildirishicha, tadbirda musiqashunoslar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Xotira kechasi doirasida Mutal Burhonov asarlari konserti uyushtirildi.
O‘zbek bastakorlik maktabining asoschilaridan biri bo‘lgan Mutal Burhonov milliy san’at rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. U turli janrlarda ko‘plab yuksak saviyali musiqiy asarlar yaratdi.
Burhonov O‘zbekiston musiqachiligida romans va akapella janrlarining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)