4–6-may kunlari Pekin shahrida O‘zbekistonning ShHTda raisligi doirasida tashkilotga a’zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyatiga mas’ul vazirlik va idoralari yuqori mansabdor shaxslaridan iborat komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini bajarish bo‘yicha tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildi. Shuningdek, “2017–2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida loyihaviy faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati” loyihasi yuzasidan fikr almashildi.
Komissiya yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra bayonnoma imzolandi.
Izoh (0)