Ispaniyada Zika virusi oqibatida kelib chiqqan ilk mikrotsefaliya holati qayd etildi. Bu haqda, El Pais gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, gap homilador ayolning homilasi haqida bormoqda. Unda virus aniqlangan, shuningdek, Lotin Amerikasi bo‘ylab sayohatdan so‘ng, denge bezgagi ham qayd etilgan. Shifokorlarning fikricha, hozirgi paytda ispaniyalik ayolning o‘ziga hech qanday xavf yo‘q.
Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyi boshida qirollikda Zika virusi bilan kasallanishning 105 ta qayd etildi. Ulardan 13 tasi homilador ayollarda aniqlandi. Bezgak aniqlangan barcha kishilar Ispaniyaga chet el sayohatidan qaytganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)