Federal xavfsizlik xizmati Moskvada ketma-ket teraktlar oldini oldi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati may bayramlari davomida Moskva va Podmoskovyeda ketma-ket terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan markaziy osiyolik bir nechta fuqarolarni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Forbes FXX matbuot xizmatiga tayanib.
Teraktlarni Suriya va Turkiyadagi xalqaro terrorchilik tashkilotlari boshliqlarining topshirig‘iga binoan amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lgan.
Tintuv chog‘ida hibsdagilardan katta miqdorda qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va terrorchilik faoliyati bilan bog‘liq boshqa uskunalar olib qo‘yildi.
Qo‘lga olinganlar e’tirof etuvchi ko‘rsatmalar bermoqda. Ularning ism-shariflari tergov manfaatlari yuzasidan hozircha oshkor etilmayapti.