Ispaniyaning eng yirik gazetalaridan biri 4-may, chorshanba kuni xodimlarning ish tashlashi tufayli sotuvga chiqmadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ish tashlashga tarkibiga El Mundo ham kiruvchi Unidad Editorial nashriyot guruhining 224 nafar xodimini ishdan bo‘shatish haqidagi qarori sabab bo‘ldi. El Mundo Italiyaning RCS MediaGroup nashriyot kampaniyasiga uning Ispaniyadagi Unidad Editorial shu’ba kompaniyasi orqali tegishlidir. Jami Unidad Editorial’da 1,5 ming kishi ishlaydi. El Mundo’dan tashqari uning tarkibiga Marca sport gazetasi, Expansion iqtisodiy nashri, 13 TV telekanali, Discovery Max va boshqa OAVlar kiradi.
Gazeta unga asos solingan 1989-yildan buyon birinchi marta sotuvga chiqmadi. Bundan tashqari, El Mundo sayti, uning ijtimoiy tarmoqlari va mobil dasturi ham to‘liqsiz hajmda ishlamoqda.
Madridda Unidad Editorial binosi oldida kun davomida norozilik namoyishlari davom etadi.
El Mundo’ning tiraji 250 ming nusxani tashkil qiladi.