Ijtimoiy tarmoqda ikki yuk mashinasi ishtirokidagi avariya va skuterchi aks etgan video paydo bo‘ldi. The Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, hodisa Xitoyning Nantun shahrida yuz bergan.
Tasvirda qizil yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, oldida harakatlanayotgan avtomobilni qattiq surib yuborganligini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng, yuk mashinasi simyog‘ochga urilgunga qadar katta tezlikda harakatlanishda davom etdi. Skuterdagi erkak kishi ham uning yo‘liga chiqib qolgan. O‘zi tomonga kelayotgan mashinani ko‘rgan erkak transport vositasini tashlab, oxirgi daqiqada qochib qolishga ulgurdi.
https://www.youtube.com/watch?v=lq1b38kbs6s
Mahalliy politsiya avariya sirpanchiq yo‘llar sababli yuz bergan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Hodisa oqibatida ko‘k yuk mashinasining haydovchisi yengil shikastlanish oldi. Yo‘l-transport hodisasining boshqa ishtirokchilari jabrlanmadi.
Izoh (0)