Indoneziya sohillarida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda, AQSh geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Yer silkinishi mahalliy vaqt bo‘yicha 11:21 (Toshkent vaqti bilan 09:11) da qayd etildi. Uning markazi Sumatra orolining janubiy chegarasidagi Kotabumi shahridan 55 kilometr janubi-g‘arbda, o‘chog‘i esa 132,7 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmadi. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
Izoh (0)