Vengriya osmonida dispetcherlar bilan aloqaga chiqmagani uchun qiruvchilarning havoga ko‘tarilishiga olib kelgan Boeing 777 yo‘lovchi samolyoti haqida British Airways aviakompaniyasi izoh berdi. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
Aviakompaniya mutasaddilarining bildirishicha, dispetcherlar bilan aloqa eng qisqa muddatda qayta tiklangan. Samolyot “Xitrou” aeroportiga xavfsiz qo‘ndirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprel, shanba kuni Dubaydan Londonga uchayotgan samolyot Vengriya chegarasidan o‘tishi bilan Vengriya havo harakatini boshqarish xizmati bilan aloqa o‘rnatmadi. Aniqlanmagan havo kemasining parvozi Vengriya mudofaa vazirligi radarlari tomonidan qayd qilindi. Shu bois ikkita Gripens qiruvchisi havoga ko‘tarildi. Ular bir muddat yo‘lovchi samolyotini kuzatib bordi. Samolyot bilan aloqa o‘rnatilib, undagi xavfsizlik tasdig‘i olinganidan so‘ng qiruvchilar bazaga qaytarildi.
Izoh (0)