Bugun, 30-aprel kuni Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda “Sports.uz”.
-105 kilogramm vazn toifasida jahon chempioni Ruslan Nuriddinov Osiyo chempionatida +105 kilogramm vaznda ishtirok etdi. O‘zbekiston vakili dast ko‘tarish mashqida 191 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xuddi shunday og‘irlikdagi toshni Xitoy Taypeyi vakili Shix-Chiyex Chen ham ko‘tardi. Biroq shaxsiy vazni yengil bo‘lgan Ruslan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Siltab ko‘tarishda Ruslanga biroz omad yetishmadi. U bu mashqda 235 kilogramm toshni ko‘tardi. Yakunda 426 kilogramm natija bilan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi to‘rtinchi o‘rinda qolib ketdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati
30-aprel, shanba
+105 kilogramm. Erkaklar. Ikki kurash natijasi
1. Shix-Chiyex Chen (Xitoy Taipeyi) – 432 kg (191 kg + 241 kg)
2. Xojamuhammat To‘ychiyev (Turkmaniston) – 427 kg (190 kg + 237 kg)
3. Bahodor Mullai (Eron) – 427 kg (180 kg + 247 kg)
4. Ruslan Nuriddinov (O‘zbekiston) – 426 kg (191 kg + 235 kg)
Izoh (0)