Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida “Liverpul”dan ustun kelgan “Vilyarreal” klubi bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgani haqida "Chempionat" xabar berdi.
“O‘yin hakam hushtagiga qadar davom etadi. Biz so‘nggi daqiqada gol urib, yaxshi natijaga erisha oldik. “Liverpul” imkoniyatlardan foydalana olmadi va aytishim kerakki, natija haqqoniy bo‘ldi. Qur’adan keyin bizni ‘Sparta’ emas, butkul farq qiladigan raqib va unga qarshi o‘yinlar kutib turganini tushungandik. Biz buyuk klubni mag‘lub etib, tarixda qolish imkoniyatiga ega bo‘ldik va aynan shunday o‘yinlar uchun yashayapmiz. Biz har biri 30 million yevro turadigan futbolchilarga ega klubni taslim qila oldik”, — deb aytib o‘tdi Marselino Toral.
“‘Liverpul’da imkoniyatlar kam bo‘ldi. Biz yirik hisobda zafar quchishimiz ham mumkin edi. Raqibimiz javob o‘yini butunlay boshqacha kechishi haqida aytayotgan bo‘lishi mumkin, o‘ylashimcha, farq u qadar katta bo‘lmaydi. ‘Liverpul’ hujumda o‘ynaydi, biz esa yaxshiroq himoyalanib, qarshi hujumdan foydalanishga harakat qilamiz”.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” — “Vilyarreal” o‘yini 5-may kuni “Enfild” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)