Suriyaning Halab shahrida jangarilar tomonidan masjidning o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
30 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, odamlar juma namozidan so‘ng masjidni tark etayotgan chog‘da binoga bir nechta raketa tushgan.
Hujumni kim uyushtirgani hozircha noma’lum.
Izoh (0)