Filipp Lam Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan germaniyalik futbolchiga aylanib oldi, deb xabar berdi “Chempionat”.
Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi “Atletiko”ga qarshi o‘yindan keyin “Bavariya” klubi a’zosi Filipp Lam Oliver Kandan o‘zib ketdi. Myunxen jamoasining sobiq darvozaboni Chempionlar Ligasining 103 ta o‘yinida ishtirok etgandi. Filipp Lam esa 104-o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi.
Germaniyalik futbolchilar orasida uchinchi ko‘rsatkich Bastian Shvaynshtaygerga tegishli bo‘lib, “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida 95 ta o‘yin o‘tkazgan. Mixail Ballakda uchrashuvlar soni 93 ta, Manuel Noyerda esa 81 ta.
Izoh (0)