Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Amerikaning Viskonsin shtati Miluoki shahrida ikki yoshli bolakay tasodifan onasini o‘zi topib olgan to‘pponchadan otib qo‘ydi, deya xabar bermoqda “TASS” huquq-tartibot organlari vakillariga tayanib.

Foto: “Belrynok.ru”

Foto: “Belrynok.ru”

Fojia 26 yoshli Patris Prays shahardagi shosselardan birida avtomobil boshqarib ketayotganida sodir bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan bola mashinadan o‘qlangan to‘pponchani topib oldi, so‘ng o‘zi bilmagan holda tepkini bosdi. O‘q Prays o‘tirgan haydovchi o‘rindig‘ini teshib o‘tib, unga halokatli jarohat yetkazdi. U voqea joyidayoq vafot etdi. Avtomobilda bo‘lgan Praysning onasi va uning yana bir o‘g‘liga shikast yetmadi.

Tergovchilar aniqlashicha, ayol qo‘riqchi bo‘lib ishlaydigan yigitining avtomobilini haydab ketayotgan bo‘lgan. Bola mashinadan topib olgan qurol, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aynan unga tegishli bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...