BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Jenevadagi muzokaralarda Suriya hukumati va muxolifat vakillarining fikri bir yerdan chiqqan masalalar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibi Pan Gi Mun Venada o‘tkazilgan konferensiyada ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, ro‘yxatda jami 12 masala aks etgan.
Shuningdek, Pan Gi Mun maslahatlashuvlarning davom etishi uchun tomonlarning irodasi talab etilishini aytib o‘tdi.
“O‘t ochishni to‘xtatish rejimi joylarda saqlanishi lozim, aks holda gumanitar yordamni yetkazish qiyin bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi bosh kotib.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirlikda Suriyada yuz minglab odamlar gumanitar yordamsiz qolmoqda.
Izoh (0)