Amerikalik musiqachi, 21-aprel kuni olamdan o‘tgan Prins Rojers Nelson o‘limi oldidan 154 soat mobaynida uxlamagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, The Daily Mirror nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Prinsning kuyovi Moris Fillips tergovchilarga bu haqda ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, xonanda 150 soatdan ortiq vaqt davomida to‘xtamasdan ishlagan.
Avvalroq mashhur musiqachi o‘limidan olti kun avval giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilganlik uchun davolangani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)