1995–1996-yillarda Tailand bosh vaziri bo‘lgan siyosatchi Banxarn Silpa-archa 83 yoshida qazo qildi. Bu haqda, Bangkok Post nashrining elektron versiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Sobiq hukumat rahbari astma xurujidan so‘ng og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. U o‘limiga qadar intensiv terapiya bo‘linmasida muolaja qilindi.
Silpa-archa 1980–1988-yillarda qishloq xo‘jaligi va transport vaziri bo‘lgan, 1988-yildan sanoat, 1990-yildan ichki ishlar vaziri lavozimlarini egallagan, keyinchalik moliya vaziri lavozimida ishlagan.
Izoh (0)