Italiya va Amerikaning Fiat Chrysler kompaniyasi dunyo bo‘yicha 1,1 million avtomobil va yo‘ltanlamasini chaqirib oladi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Chaqirib olishning sababi ishlab chiqaruvchi avtomobillari “parkovka” rejimida ham harakatlanishni davom ettirishi mumkinligi bilan bog‘liq. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, allaqachon bu kabi holatlarning 41 tasi qayd etilgan.
Chaqirib olish Dodge Charger va Chrysler 300 sedanlari (2012—2014-yillar ishlab chiqarilgan), shuningdek, 2014—2015-yillarda chiqarilgan Jeep Grand Cherokee markadagi avtomobillarni qamrab oladi. Eng ko‘p avtomobil — 811 mingga yaqini AQShdan, 52 ming avtomobil Kanada, 17 mingi Meksikadan va qolganlari Shimoliy Amerikadan tashqaridan chaqirib olinadi.
Izoh (0)