Qozog‘istonda “O‘zavtosanoat” AK, JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ qo‘shma korxonasi va “O‘zstandart” agentligi vakillari hamda Qozog‘iston Respublikasi metrologiya va texnik muvofiqlashtirish qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda transport vositalari turini tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari muhokama etildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” axborot xizmati xabar bermoqda.
JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarini zavodda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari bilan ta’minlash imkonini beruvchi sertifikatni qo‘lga kiritgandi. Ayni paytda mazkur sertifikat bilan MAN TGS 33.360 6x4 rusumli o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobilini mazkur davlatlarga eksport qilish mumkin.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ qo‘shma korxonasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga eksport qilish uchun katta yuk avtotransport vositalarini (o‘zi ag‘dargich) ishlab chiqarishga rozilik oldi.
Izoh (0)