22-aprel, juma kuni Iroq poytaxti Bag‘doddagi shia masjidida xudkush terrorchi tomonidan portlash amalga oshirildi. Bu haqda, Al Arabiya telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Xavfsizlik xizmati vakillarining ma’lumot berishicha, qo‘poruvchilik harakati oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, bir necha o‘n kishi yaralandi.
Qurbonlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)