2016-yilning 18-aprel kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga Ko‘maklashuvchi komissiya tomonidan “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyati majlislar zalida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda komissiya raisi M. Yuldashev, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshlig‘i A. Sultonov, viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi mutaxassisi B. Yunusov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo‘linmasi xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov kampaniyasining borishi bo‘yicha axborot berildi. Jumladan, viloyatda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi 2 shahar, 14 tuman komissiyasi hamda 868 mahalla, 94 qishloq va 6 shaharcha fuqarolar yig‘inlarida jami 968 ishchi guruhi tuzilgani ma’lum qilindi.
Anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Tadbirda, shuningdek, viloyatdagi xususiy va tarmoq gazetalariga saylovni yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Izoh (0)