Namangan viloyatida 882 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 9 ming 600 dan ziyod maslahatchisi saylanadi. Bu haqda Namanganda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga oid masalalarni keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining roli mavzuida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Anjumanda jurnalistlar bilan saylov qonunchiligi, tashkiliy-huquqiy asoslari borasida targ‘ibot ishlarini olib borish, bevosita saylov kuni jarayonlarni yoritish bo‘yicha fikr almashildi.
Namangan viloyatida 882 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 9 ming 600 dan ziyod maslahatchisi saylanadi. Shahar va tumanlarda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya va ishchi guruhlari tomonidan saylovni tashkil etish, munosib nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha taraddud ishlari qizg‘in bormoqda.
Izoh (0)