29-apreldan e’tiboran “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Korean Air aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Eron poytaxti Tehronga muntazam yuk tashish reyslarini amalga oshira boshlaydi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati axborot berdi.
Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroportga reyslar “Navoiy” xalqaro aeroportidan Boeing-767-300BCF yuk samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda “Navoiy” xalqaro aerporti orqali Frankfurt, Vena, Milan, Saragosa, Tel-Aviv, Dubay, Dehli, Mumbay va Seulga yuk yetkazilmoqda.
Izoh (0)