Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Tadoba-Andxari yo‘lbarslar qo‘riqxonasida istiqomat qilib kelayotgan ona yo‘lbarsning o‘z farzandini qiyinchilik bilan cho‘miltirishi suratkashlarning diqqatini tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Daily Mail nashrining Twitter’ida chop etilgan suratlardan ayon bo‘lishicha, yo‘lbars bolasi o‘ynoqlab, onasiga ancha-muncha tashvish keltirgan. U cho‘milishni emas, suvda o‘ynashni xohlagan. Shunga qaramay, onasi undan ranjimagan. Aksincha, uni bir amallab cho‘miltirgan va hatto bu jarayonda zurriyodini “o‘pib” ham qo‘ygan.
Suratlar muallifi — mumbaylik havaskor suratkash Ninad Sane.
Izoh (0)