Google qidiruv tizimi monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun Yevropa Ittifoqida 7,4 milliard dollarga yoki Yevropa davlatlaridagi 2015-yil tushumining 10 foizi miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
YeI aksilmonopoliya qo‘mitasi rahbari Margret Vestagerning Reuters’ga bildirishicha, kompaniya ishlab chiqaruvchilarga Android operatsion tizimida ishlaydigan uskunalarga Google dasturlarini oldindan o‘rnatishni majburiy etib belgilagani Yevropa regulyatorining e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Regulyator idoraning fikricha, Google dasturlari Android operatsion tizimi bilan bevosita bog‘liq emas. Shu tariqa, ularni o‘rnatishning majburiyligi monopoliyaga qarshi qonunlarning buzilishi sifatida baholanadi.
Vestager xonimning qo‘shimcha qilishicha, Google’ning bunday xatti-harakatlari boshqa ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlaridan foydalanuvchi auditoriyani kengaytirish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Izoh (0)