AQShning Pensilvaniya shtati, Belvyu shahridagi turar-joyda 16-aprel, shanba kuni sodir bo‘lgan yong‘inda er-xotin va ularning uch farzandi — 4 va 6 yoshli qizaloqlar hamda 11 yoshli o‘g‘il bola halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yong‘in sabablari hozircha noma’lum, rasmiylar hodisani o‘rganishga kirishdi. Uning dastlabki natijalari uyga o‘t qo‘yilmaganini ko‘rsatmoqda.