2016-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda 8,4 mingta yoki 2015-yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz ko‘p yangi kichik biznes subyekti tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.
Yil boshidan buyon kichik biznes subyektlariga 3,6 trillion so‘m bank kreditlari berilgani, o‘sish 2015-yilning birinchi choragidagiga qaraganda 1,3 martani tashkil etgani aytilmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lib, ularning 57,7 foizi qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)