Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi Yevropa Ligasi chorak final javob uchrashuvidan (4:3) so‘ng o‘yin borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Maydonda sodir bo‘lgan voqeaga izoh berish qiyin. ‘Enfild’ stadionida ajoyib kecha bo‘ldi. Rostini aytganda, o‘yin g‘alati ham bo‘ldi. Starrij va Allenni maydonga tushirganimizda xarakterimizni namoyish qilmoqchi bo‘ldik. Yutqazsak ham, xarakterimizni ko‘rsatishimiz kerak edi va buning uddasidan chiqdik. Bu haqiqiy Yevropa futboli bo‘ldi. Hatto neytral muxlis ham ushbu o‘yinni ko‘rib, ‘Futbol – zo‘r o‘yin’ deya oladi. Hozir o‘ng qo‘lim og‘riyapti, lekin nima uchun og‘riyotganini bilmayman. Balki kimdir meni urib yuborgandir. Esda qolarli kecha bo‘ldi. Biz oxirigacha kurashdik va haqli ravishda g‘alaba qozondik”, — dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Javob o‘yinida 0:2 va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan “Liverpul” yakunda 4:3 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.
Izoh (0)