Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Ukrainaning “Shaxtyor” klubi Portugaliyada “Braga”ni kichik hisobda mag‘lub etgandi. Javob o‘yinida esa raqibi darvozasiga javobsiz to‘rt bor yo‘l topdi. Mehmonlar himoyachisi Rikardu Ferreyra bir emas, ikki bor o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi Chexiyada “Sparta” darvozasini to‘rt bor ishg‘ol qildi hamda o‘z darvozasidan ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Chorak finalning faqatgina 1 ta o‘yini penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi. “Atletik” Bilbaoda “Sevilya”dan 1:2 hisobida yengilgandi. Javob o‘yinida esa xuddi shu hisobda zafar quchdi. Qo‘shimcha daqiqalarda hisob boshqa o‘zgarmagach, g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi.
12 nafar futbolchi ogohlantirilgan bellashuv lotoreyasida omad mezbon “Sevilya”ga kulib boqdi. “Atletik” safida Echebariya Benyatning zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. “Sevilya” futbolchilari tomonidan berilgan har beshtala zarba ham golga aylandi.
Yevropa Ligasining yarim final bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi 15-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Ligasi Chorak final. Javob uchrashuvlari 14-aprel, payshanba
Izoh (0)