Chex respublikasi prezidenti, bosh-vaziri va tashqi ishlar vaziri BMTdan geografik nomlar ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritish haqida so‘rash uchun to‘plandi. Ular o‘z mamlakatining qisqacha Chexiya deb nomlanishini istamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, BMTga murojaat qilish uchun parlamentning qarori talab etiladi.Chex hukumati “Chexiya” so‘zi mamlakatni sport tadbirlarida, televideniye va boshqa vaziyatlarda tilga olishda qo‘llanilishini istamoqda. Prezident Milosh Zeman 2013-yilda Isroilga tashrifi davomidayoq Chexiya nomini qo‘llagan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, mazkur so‘z to‘liq nomlanishdan ko‘ra chiroyliroq.
Bundan tashqari, TIV rahbarining ta’kidlashicha, Chex respublikasi tarzidagi to‘liq nomlanish (ingliz tilida - Czech Republic) to‘g‘ri yozish uchun juda murakkab hisoblanadi.
Izoh (0)