Vyetnamning markaziy qismida 9 nafar maktab o‘quvchisi daryoda cho‘kib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya bo‘linmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vu Van Ziongning bildirishicha, 12 yoshli bolalar Kuangngay viloyatidagi Cha Kxyuk daryosida o‘ynayotgan edi. Bolalarning hammasi bir paytda suvga o‘zini otgani taxmin qilinmoqda. Ularning jasadi 15-aprel, juma kuni daryo o‘zanidan topildi.
Cho‘kib o‘lish Vyetnamda bolalar o‘limining asosiy sabablaridan biri sanaladi, har yili shu tufayli taxminan 3,5 ming bola olamdan o‘tadi.
Izoh (0)