Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali oldidan Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu” stadioni maydoni hajmini odatdagidan kattalashtirdi, deb xabar berdi “Sports.ru”.
Stadion ishchilari maydon hajmini yangi o‘lchamga o‘tkazdi. Natijada u avvalgisidan kengroq ko‘rinish oldi. Madrid klubi mazkur holat “Volfsburg”ga qarshi o‘yin davomida jamoaga yordam beradi, deya reja qilgan.
UYeFA qoidalarida maydon hajmining maksimal va minimal ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqqan holda, har bir klub belgilangan ko‘rsatkichlardan chetga chiqmagani holda maydon hajmini, kattalashtirishi yoki kichiklashtirishi mumkin.
Izoh (0)