2016-yilgi drag-reysing bo‘yicha ochiq chempionatning birinchi bosqichi doirasida “Janubiy” avtopoligonida retro avtomobillar paradi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Anons.uz” xabar beradi.
Paradni Retro.uz klubi tashkil qildi. Yangi retro-avto klubi o‘tgan yili ro‘yxatdan o‘tgan edi. Klub qisqa vaqt ichida o‘z muxlislarini to‘plashga ulgurdi. Bir nechta shaxsiy ko‘rgazmalari ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi.
Klub kolleksiyasi 50 yil avval ishlab chiqarilgan 50 dan ortiq avtomobilni o‘z ichiga oladi. “Review.uz” nashrining ma’lum qilishicha, undagi eng eski avtomobil 1936-yilda ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)