Joriy yilning dastlabki uch oyi davomida KXDRdan Janubiy Koreyaga 342 kishi qochib o‘tdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 17,5 foizga ko‘proq, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ryonxap” agentligining ma’lumotlariga qaraganda, 2015-yilning yanvaridan martiga qadar KXDRdan Janubiy Koreyaga 291 kishi yetib kelgan.
O‘tgan yil mobaynida jami 1276 nafar Shimoliy koreyalik Janubga qochib o‘tgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2014-yilda 1397 nafarni, 2013-yilda esa 1514 kishini tashkil etgan.
Qochib o‘tayotganlar Shimoliy Koreyadan asosan Xitoy bilan chegaradagi Tumangan va Amnokkan daryolari orqali chiqib olib, u yerdan Koreya Respublikasiga yetib olish imkoniyatlarini qidiradi.
Izoh (0)